Lavrov AQSH elchisiga dakki berdi

Olam

image

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov AQSHning Janubiy Afrikadagi elchisi Ruben Brigetining JAR Rossiya armiyasini qurol-yarog‘ bilan ta’minlab turishi haqidagi bayonotlariga javoban, unga  “o‘z o‘rnini bilishni” hamda Rossiya va Janubiy Afrika o‘rtasidagi munosabatlardan chetda turishni maslahat berdi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Aytilishicha, vazir Rossiya va Janubiy Afrika o‘zaro munosabatlarni xalqaro huquq normalari va tamoyillariga to‘liq muvofiq ravishda quradigan suveren davlatlar ekanini ta’kidlagan va AQSH elchilari chet el jamoatchiligi oldidagi o‘z imidji haqida ko‘proq o‘ylashi kerakligini aytgan. 

“Agar amerikalik yoki okean ortilik boshqa bir elchiga nimadir tuyulgan bo‘lsa, siz, avvalo, o‘z o‘rningizni bilishingiz va boshqalarning ishiga aralashmasligingiz kerak. Qurol yetkazib berish mavzusiga kelsak, yana bir bor ta’kidlamoqchimanki, biz hech qachon xalqaro me’yorlarni buzmaymiz”, degan Lavrov.

Aytish joizki, AQSHning Janubiy Afrikadagi elchisi Ruben Brigeti 2022 yil dekabr oyida Rossiyaning Lady R savdo kemasi Simonstaun portida bo‘lganini, kemaga tunda qurol va o‘q-dorilar  yuklangani, kema atrofi esa qurollangan odamlar tomonidan qo‘riqlanganini bildirgan. Janubiy Afrika Prezidenti Siril Ramafosa esa bu ayblovlarni asossiz deb atagan.

Ma’lumot uchun, Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov may oyi oxirida Afrika bo‘ylab safar qilmoqda. Hozirgacha u Keniya, Burundi va Mozambikda bo‘lib, davlat rahbarlari va Tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashgan.


Maqola muallifi

Teglar

Sergey Lavrov AQSh elchisi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made