44 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan avtobus ko‘prikdan daryoga quladi. Qurbonlar ko‘p
Olam
−
01 dekabr 2019 10920 1 daqiqa
Rossiyaning Baykalorti o‘lkasi Sreten tumanida avtobus ko‘prikdan daryoga qulab tushdi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, fojiada halok bo‘lganlar soni 19 nafarga yetgan. Bu haqda TASS xabar berdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avtobusda 44 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. 6 kishi shifoxonaga yotqizilgan.
Tashuvchi, xususiy tadbirkor Sergey Pnyov avtobus tashish litsenziyasiga egaligi va barcha texnik tekshiruvdan o‘tkazilganini ma’lum qilgan. Avtobus buyurtma asosida ketayotgan bo‘lgan.
Voqea tafsilotlarini o‘rganish uchun Rossiya transport nazorati bo‘yicha federal xizmati xodimlari YTH joyiga chiqishgan.
Live
BarchasiErdo‘g‘an Saudiyaga bordi
03 fevral
Qashqadaryoda YPX mashinasi yonib ketdi
03 fevral