Latviya Rossiya bilan diplomatik munosabatlar darajasini pasaytiradi

Olam

image

Latviya 24 fevraldan boshlab Rossiya bilan diplomatik munosabatlar darajasini pasaytiradi. Bu haqda Latviya Tashqi ishlar vaziri Edgars Rinkevichs o‘zining Twitter'dagi sahifasida ma’lum qildi.

“Latviya 24 fevraldan boshlab Rossiya bilan diplomatik munosabatlar darajasini pasaytiradi va Rossiyadan shunga muvofiq harakat qilishni talab qiladi”, deyiladi bayonotda.

Bunday choralarning sababi Ukrainadagi vaziyat ekani aytildi. Shuningdek, Latviya TIV Estoniya bilan birdamlik belgisi sifatida shunday qaror qabul qilgani qayd etilgan. 

Ma’lumot uchun, avvalroq Rossiya Estoniya bilan diplomatik munosabatlar darajasini pasaytirishga qaror qilgandi. 

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi esa respublika rasmiylarini Rossiya bilan munosabatlarni “maqsadli ravishda buzish”, shuningdek, “butun rusofobiya”da ayblagan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Latviya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing