Latviya Prezidenti avtohalokatga uchradi
Olam
−
09 aprel 2021
9302Latviya Prezidenti Egils Levits kecha, 8 aprel kuni Rigada avariyaga uchradi. Bu haqda davlat rahbari devoniga asoslanib xabar berilgan.
Taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, voqea poytaxtning Maza Nometnyu va Liyepayas ko‘chalari kesishmasida sodir bo‘lgan.
Ta’kidlanishicha, Prezidentning Lexus LS avtomobili xavfsizlik xizmatining Volkswagen Touareg mashinasi bilan to‘qnashgan.
To‘qnashuv to‘satdan tormozlanish tufayli yuz bergan.
Xabarga ko‘ra, Latviya Prezidenti avtohalokatda jarohat olmagan.
Ushbu hodisa davlat rahbarining ish jadvaliga ham ta’sir qilmasligi ta’kidlangan.
Ma’lumot o‘rnida, Egils Levits 2019 yildan buyon Latviya Prezidenti hisoblanadi.
LiveBarchasi