Latviya Bosh vaziri iste’foga chiqadi

Olam

image

Latviya Bosh vaziri Krishyanis Karinsh iste’foga chiqish niyatida ekanini bildirdi. Bu haqda TASS xabar berdi.

Bosh vazirga ko‘ra, u joriy yilning 17 avgust kuni mamlakat prezidenti Edgars Rinkevichsga iste’fosi to‘g‘risidagi hujjatni taqdim etadi.

“Bugun men fraksiya va parlament kengashiga iste’foga chiqish to‘g‘risidagi arizamni mamlakat Prezidentiga yuborishimni ma’lum qildim. Men “Yangi birlik” partiyasini bosh vazirlikka yangi nomzod ko‘rsatishga chaqiraman”, deb yozgan u X sahifasida.

Shuningdek, Karinsh bundan buyon Latviya bosh vaziri lavozimiga nomzodini qo‘ymasligini va asosiy e’tiborini “Yangi birlik” partiyasidan bosh vazirlikka nomzodni qo‘llab-quvvatlashga qaratishini aytgan.

Ma’lumot uchun, Krishyanis Karinsh 2019 yilning 23 yanvaridan buyon Latviya bosh vaziri lavozimida ishlab kelmoqda. Siyosatchi 2002 yilda “Yangi vaqt” partiyasining asoschilaridan biri bo‘lgan va o‘sha yilning oktyabr oyida seym(parlament)ga saylangan. 2002-2004 yillarda “Yangi vaqt” parlament fraksiyasi raisi, iqtisodiyot vaziri bo‘lgan. 2009 yilda Karinsh Yevropa parlamentiga saylandi.


Maqola muallifi

Teglar

Latviya Krish'yanis Karin'sh

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing