Lacetti asfalt yotqizish mashinasiga urildi. Bir kishi halok bo‘ldi
Jamiyat
−
05 may 2020
8003Kecha, 4 may kuni soat 21:20larda Qashqadaryo viloyati, G‘uzor tumanida 34 yoshli erkakning o‘limi bilan yakunlangan yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda YHXBB Matbuot xizmati xabar berdi.
YTH tumanning Mustaqillik ko‘chasida joylashgan “Xalq banki” ro‘parasida yuz bergan. Haydovchi 1989 yilda tug‘ilgan A.S. Lacetti rusumli transport vositasini yuqori tezlikda boshqarib ketayotib, yo‘lning o‘ng chetida to‘xtab turgan, harakatda bo‘lmagan “Yo‘l qurilish unitar” korxonasiga tegishli bo‘lgan asfalt yotqizish mashinasiga urilgan.
Natijada, Lacetti rusumli transport vositasi haydovchisi A.S. olgan og‘ir tan jarohatlari oqibatida shifoxonada vafot etgan. Ushbu transport vositasi yo‘lovchisi 1986 yilda tug‘ilgan A.P. tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur YTH yuzasidan G‘uzor tumani IIB TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.