La Liganing o‘tgan mavsumdagi eng yaxshilari aniqlandi
Sport
−
12 noyabr
1590Sobiq “Real” futbolchisi, hozirda “Betis” safida to‘p tepayotgan Isko muxlislar talqiniga ko‘ra, o‘tgan mavsumning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi. Bu haqda “Marca” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, chempionatning eng yaxshi murabbiyi uchun sovringa “Jirona” ustozi Michel ega chiqdi. 2023/24 yilgi mavsumda "Jirona"ning sobiq hujumchisi Artyom Dovbik La Ligada 24 ta gol urib, eng yaxshi to‘purar bo‘lgandi. Hozir “Roma”da o‘ynayotgan futbolchiga eng yaxshi to‘purar uchun maxsus sovrin topshirildi.
Mavsumning eng yaxshi futbolchisi sifatida esa “Real” a’zosi Jud Bellingem e’tirof etildi. Unga “Marca” nashri tomonidan “Real” afsonasi Alfredo di Stefano sovrini topshirildi.
Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsum La Ligada Madridning “Real” klubi chempion bo‘lgan bo‘lsa, “Barselona“ 2-o‘ringa, “Jirona” esa sensatsion tarzda 3-o‘ringa ega chiqib, Yevropa Chempionlar ligasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgandi.