La Liga: “Real” “Barselona”ni “Kamp Nou”da mag‘lub etdi

Sport

image

Bugun, 24 oktyabr kuni Ispaniya La Ligasining 7-turi doirasida “Barselona” va “Real” klublari to‘qnash keldi. Keskin qarama-qarshilik ostida o‘tgan o‘yinda Madridning “Real” klubi g‘alaba qozondi. 

O‘yinda hisob 5-daqiqadayoq ochildi. Federiko Valverde ilk golga mualliflik qilib, “Real”ni oldinga olib chiqdi. Ammo oradan ko‘p o‘tmay 8-daqiqada Ansu Fati hisobni tenglashtirdi. Birinchi bo‘limda yana ko‘plab yaxshi vaziyatlar bo‘lganiga qaramay hisob o‘zgarishsiz qoldi.

Ikkinchi bo‘limni madridliklar faol boshladi. Natijada 63-daqiqada Serxio Ramos 11 metrlik jarima zarbasidan gol urib, hisobni 1:2 ko‘rinishiga olib keldi. Keyinroq ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqada Luka Modrich gol urib, “Real” g‘alabasini mustahkamladi.

Ma’lumot uchun, turnir jadvalida “Real” birinchi o‘ringa chiqib oldi. U 6 o‘yinda 13 ochko to‘plagan. “Barselona” esa 5 o‘yinda 7 ochko to‘plab 10-o‘rinni band qilib turibdi.


Maqola muallifi

Teglar

futbol

Baholaganlar

181

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing