La Liga prezidenti PSJ va “Siti”ni UEFA uchun muammo deb atadi

Sport

image

Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasi prezidenti Xaver Tebas PSJ va “Manchester Siti”ni UEFA'ning moliyaviy nazorat tizimi uchun muammo deb atadi. Bu haqda Ispaniya chempionati rahbarining so‘zlariga tayanib, “Diario Sport” nashri xabar berdi.

“Klublar o‘sishi uchun kimdandir olib qo‘ymaslik, kimgadir bermaslik kerak. Biz raqamli texnologiyalar nuqtai nazaridan o‘sishimiz, daromad manbalarini izlashimiz kerak... UEFA PSJ va “Manchester Siti”ni yevrokuboklardan chetlatdi, ammo Sport arbitraj sudi (CAS) sanksiyalarni bekor qildi. UEFA muammoni tushunadi. Agar CAS UEFA qarorini qo‘llab-quvvatlaganida, moliyaviy nazorat tarixi boshqacha tus olgan bo‘lardi”, degan Xaver Tebas.

Qayd etish kerakki, 2020 yilning fevralida UEFA moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzgani uchun “Manchester Siti”ni ikki mavsumga Yevropa Chempionlar ligasidan chetlatgan edi. Biroq 2020 yilning iyul oyida CAS “shaharliklar”ning murojaatini o‘rganib chiqdi va buning natijasida klub yana yevrokuboklarda o‘ynash huquqini qo‘lga kiritdi.

UEFA hech qachon PSJni yevrokuboklardan chetlatgan emas, biroq Neymar va Kilian Mbappe transferida klub tomonidan FFP (Financial Fair Play – Moliyaviy feyr-pley) qoidalari buzilgan bo‘lishi mumkin, deb hisoblagan. Ammo 2019 yilda CAS FFP ishi bo‘yicha PSJning apellyatsiyasini qondirdi.


Maqola muallifi

Teglar

PSJ “Manchester Siti”

Baholaganlar

27

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing