La Liga prezidenti Mbappening gaplari uçun Xitoy xalqidan uzr söradi
Sport
−
10:58 461 2 daqiqa
Ispaniya La Ligasi prezidenti Xaver Tebas “Real Madrid” va Fransiya terma jamoasi hujumçisi Kilian Mbappening bayonotlari ortidan yuzaga kelgan mojaro sababli Xitoy xalqidan uzr söradi.
Avvalroq, Xitoyda Mbappe iştirokidagi intervyu atrofida bahs-munozara kelib çiqqan edi. Xitoy ommaviy axborot vositalari xabarlariga köra, futbolçi özi yoqtiradigan internet memlari haqida gapirar ekan, Xitoyga nisbatan haqoratli mazmundagi fikr bildirgan. Ğarb naşrlari esa uning hazili tarixiy xitoylik siyosiy arbob bilan boğliq bölganini yozgan.
Xabarlarga köra, şundan keyin bir neçta Xitoy kompaniyasi futbolçi bilan hamkorlikni töxtatgan. Şuningdek, Xitoy markaziy televideniyesi (CCTV) bilan boğliq axborot platformalari Mbappe haqidagi materiallarni olib taşlagan.
Tebas ijtimoiy tarmoqlardagi bayonotida La Liga nomidan Xitoy xalqidan samimiy uzr söradi. U Xitoy, uning davlat idoralari, sport taşkilotlari, ommaviy axborot vositalari va ispan futboli muxlislari bilan yillar davomida özaro hurmat va hamkorlikka asoslangan munosabatlar örnatilganini ta’kidladi.
“Biz bir kişining xatti-harakatlari uşbu munosabatlarga putur yetkazişiga yoki professional musobaqalarimizda iştirok etayotgan 20 dan ortiq klub va millionlab xitoylik muxlislarga zarar keltirişiga yöl qöya olmaymiz”, deb yozdi La Liga rahbari.
Tebas vaziyatni bartaraf etiş uçun Xitoydagi hamkorlar bilan yaqindan iş olib borilayotganini ham ma’lum qildi. La Liga esa kelgusida şunga öxşaş holatlarning oldini oliş maqsadida klublar va futbolçilar bilan birgalikda madaniy hassoslik hamda muloqot böyiça maxsus protokol işlab çiqişini bildirgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Mbappe Mao Szedun haqidagi hazilidan söng Xitoy xalqidan keçirim söragandi.
Live
Barchasi27 Oktyabr