La Liga Mayamida o‘tkazilishi rejalashtirilgan o‘yinni bekor qildi

Sport

image

La Liga tashkiloti joriy yilning 20 dekabr kuni AQSHning Mayami shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan liga o‘yini bekor qilinganini ma’lum qildi. Qaror tashkilotchi kompaniya bilan o‘tkazilgan uchrashuvlardan so‘ng, Ispaniyada so‘nggi haftalarda yuzaga kelgan noaniqliklar sabab qabul qilingan. Bu haqda La Liga rasmiy sayti xabar berdi.
 
La Liga uzoq muzokaralardan so‘ng UEFA va Ispaniya futbol federatsiyasidan chet elda rasmiy liga o‘yinini o‘tkazishga ruxsat olgan edi. Biroq so‘nggi haftalarda futbolchilar, ayrim klublar va muxlislar tomonidan bu tashabbusga qarshi noroziliklar kuchaygan. Ayrim futbolchilar hatto liga o‘yinlari boshida maydonda bir necha soniya to‘xtab, ramziy norozilik bildirdi.

Tashkilot o‘z bayonotida bu loyiha amalga oshmay qolganidan chuqur afsusda ekanini ma’lum qildi. La Liganing qayd etishicha, Ispaniya hududidan tashqarida rasmiy o‘yin o‘tkazish nafaqat raqobatning global o‘sishiga, balki klublarning xalqaro ishtirokini kuchaytirish, o‘yinchilarni kengroq auditoriyaga tanitish va Ispaniya futbolining AQSH kabi strategik bozorlarda ko‘rinishini oshirishga xizmat qilgan bo‘lardi.

Rasmiy ma’lumotda loyiha barcha federativ qoidalarga to‘liq mos kelgani, raqobatning yaxlitligiga ta’sir ko‘rsatmagani va tegishli muassasalar tomonidan tasdiqlangani ta’kidlangan.

“Premer-liga va UEFA Chempionlar ligasi o‘z qamrovini kengaytirishda davom etar ekan, ispan futbolining barqarorligi va o‘sishini ta’minlash uchun shunday tashabbuslar zarur. Bunday imkoniyatlardan voz kechish klublarning yangi daromad manbalarini cheklaydi va ularning raqobatbardoshligini pasaytiradi”,  deyiladi La Liga rasmiy bayonotda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ispaniya La Ligasi 9-tur uchrashuvlarida jamoalar uchrashuvning dastlabki 20 soniyasida topga teginmay ramziy ma’noda Mayamida o‘tishi rejalashtirilgan La Liga uchrashuviga qarshi ekanliklarini ma’lum qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh La Liga UEFA Mayami

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing