La Liga klubi De Xeaga taklif bilan chiqdi
Sport
−
16 mart
3997“Manchester Yunayted”ning sobiq darvozaboni David De Xea faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda “Todofichajes” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “Betis” 33 yoshli darvozabon xizmatlariga qiziqish bildirmoqda. Klub 40 yoshli Klaudio Bravoga o‘rinbosar qidirmoqda. Bravo yozda shartnomasi yakunlangandan keyin jamoani tark etadi, biroq “Betis”ning asosiy darvozaboni Ruy Silva hisoblanadi.
“Betis” joriy yilning yanvar oyidan beri De Xea bilan muzokara olib bormoqda.
Qayd etilishicha, darvozabon bu transferdan manfaatdor, ammo posbonga yana bir yaxshiroq taklif tushsa, u La Ligada 7-o‘rinni egallab turgan Sevilya klubini rad etishi mumkin. De Xea o‘tgan yozda “Manchester Yunayted”ni tark etganidan so‘ng erkin agent maqomida yuribdi.