Kventin Tarantinoning so‘nggi filmida Bred Pitt bosh rolni o‘ynashi mumkin

Madaniyat-san’at

image

Rejissyor Kventin Tarantino aktyor Bred Pittni “Kinotanqidchi” filmida rol o‘ynashga taklif qildi. Bu haqda “Deadline” va “The Hollywood Reporter” o‘z manbalariga tayanib, xabar berdi.

Unga ko‘ra, rejissyor Kventin Tarantino “Kinotanqidchi” filmini suratga olmoqchi va bosh rolda mashhur aktyor Bred Pittning ijrosi kutilmoqda. 

“Deadline” nashri muallifi Mayk Flemingning fikricha, Pitt qanday rol o‘ynashi noma’lum. “Screen Rant“ nashrining yozishicha, Tarantino asosiy rolga 35 yoshgacha bo‘lgan aktyorni taklif qilmoqchi. (Pitt 2023 yilda 60 yoshga to‘lgan). Nashrning ta’kidlashicha, ”Kinotanqidchi” filmi 30 yoshida vafot etgan odamning hikoyasiga asoslangan.

“The Hollywood Reporter” nashrining bildirishicha, 2023 yil martida Tarantino “Kinotanqidchi” filmi ssenariysi ustida ishlashni tugatganini xabar bergandi. Film 1977 yilda Kaliforniyada bo‘lib o‘tadi va u haqiqatan ham yashagan, lekin hech qachon mashhur bo‘lmagan va u pornografik jurnallar uchun film sharhlari yozgan odamning hikoyasiga asoslangan. Ayni paytda Pitt va Tarantino shartnoma imzolagani aniq emas. 

Tarantinoning aytishicha, u jurnallaridan birida ularga istehzoli va aqlli yozgan bir tanqidchining maqolalari yoqqan va shundan ilhomlangan.

“Kinotanqidchi” filmini suratga olish shu yil oxirida yoki 2025 yilda boshlanishi kutilmoqda.

Madina Otaboyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Bred Pitt Kventin Tarantino

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing