Kutilmagan qaror: Turkiya Ukrainaning iltimosini rad etdi
Olam
−
25 fevral 2022
69995Rasmiy Anqara Ukrainaning Qora Dengiz bo‘ylab Rossiya harbiy kemalarining o‘tkazishga yo‘l qo‘ymaslik borasidagi iltimosini rad etdi. Turkiya Tashqi ishlar vaziri mamlakat o‘z hududidagi bo‘g‘ozlar orqali Qora Dengizga kiruvchi rus harbiy kemalariga to‘sqinlik qila olmasligini ma’lum qilgan.
Joriy yil 24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida harbiy harakatlar boshlangani haqida e’lon berganidan so‘ng, rasmiy Kiyev Turkiyadan mamlakatdagi Dardanel va Bosfor bo‘g‘ozlarini rus kemalari uchun yopishini so‘ragan. Kiyev bu ikki asosiy bo‘g‘oz orqali Rossiya Ukrainaga hujum uyushtirishidan xavotirda.
Bildirilishicha, Rossiya harbiylari allaqachon Ukraina hududidagi Azov va Qora dengiz qirg‘oqlarini egallashga ulgurgan.
1936 yildagi Montryo konvensiyasi bo‘yicha Turkiya bo‘g‘ozlar ustidan nazoratni qo‘lga kiritgan va urush paytida yoki xavf tug‘ilganda u orqali harbiy kemalarning o‘tishini cheklash huquqiga ega.
Kecha, 24 fevral kuni Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘lining bildirishicha, Anqara hozirda Ukrainaning talabini o‘rganib chiqmoqda. Ammo, Montryo konvensiyasiga ko‘ra, Qora dengizda chegara hududiga ega Rossiya ushbu ikki bo‘g‘oz orqali o‘z kemalarini harakatlantirib, ularni rus harbiy bazasiga qaytarish huquqiga ega.
Vazirga ko‘ra, agar Turkiya Ukrainaning talabini ma’qullaydigan bo‘lsa, rus kemalari uchun ushbu bo‘g‘ozlar orqali boshqa yo‘nalishlarga harakatlanishi taqiqlanadi, ammo ularning dengiz bo‘ylab o‘z hududiga qaytishi uchun to‘sqinlik qilishning iloji yo‘q.
"Agar urushda ishtirok etayotgan davlatlar kemalarini o‘z harbiy bazalariga qaytarishni so‘rashsa, bunga ruxsat berish kerak", degan Chavusho‘g‘li.
Shuningdek, Chavusho‘g‘li Anqaraning Rossiyaga qarshi iqtisodiy sanksiyalar qo‘llash niyatida emasligini yana bir bor ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Yevropa Ittifoqini Ukrainaning tarafini olishda amalaiy harakat qilmayotgani uchun tanqid qilgandi. U g‘arbni quruq nasihat qilmasdan, amaliy yordam ko‘rsatishga chaqirgan.
LiveBarchasi