Kutilmagan burilish: Ahmadaliyevning raqibi o‘zgardi

Sport

image

Professional boksning super yengil vazn toifasida IBF va WBA  yo‘nalishi bo‘yicha Jahon chempioni Murodjon Ahmadaliyev (9-0) joriiy yilning 19 noyabr kuni amerikalik Ronni Riosga (33-3) qarshi o‘tkaziladigan jangi bekor qilindi. Bunga amerikalik jangchida koronavirus aniqlangani sabab bo‘lgan. 

Biroq Riosning o‘rnini boshqa bir jangchi egallaydigan bo‘ldi. Shu tariqa Ahmadaliyev chililik Xose Velaskesga qarshi ringga ko‘tariladigan bo‘ldi. Bellashuv AQSHning Manchester shahrida joylashgan SNHU arenasida o‘tkaziladi.

Velaskes prof boksdagi faoliyati davomida 37 ta jang o‘tkazib, ularning 29 tasida g‘alaba qozongan. Shuningdek, 6 ta jangda mag‘lub bo‘lgan va 2 ta bahsda durangga imzo chekkan.

Eslatib o‘tamiz, 27 yoshli Ahmadaliyev joriy yilning aprel oyida IBF chempionlik unvonini majburiy ravishda himoya qilib, sobiq jahon chempioni Ryosuke Ivasani beshinchi raundda texnik nokautga uchratgan edi. 

Ma’lumot uchun, kechaning markaziy jangi o‘rta vazn toifasida WBO chempionlik kamari sohibi Demetrius Andrade (30-0) va Jeyson Kuigli (19-1) o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Murodjon Ahmadaliev WBA IBF Ronni Rios Xose Velaskes

Baholaganlar

109

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing