Kusherboyev yanvar oyi uchun kredit to‘lovlarini cho‘zishni taklif qildi

Jamiyat

image

Sobiq Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherboyev yanvar oyi uchun kredit to‘lovlarini uzaytirishni taklif qildi. Bu haqda u o‘zining Telegram-kanalida shu kunlarda banklardan kredit hisobiga tirikchilik uchun avtomobil, ishlab chiqarish, maishiy texnikalarni olgan ko‘plab fuqarolardan murojaatlar kelayotganini маълuм qildi.

Uning qayd etishicha, murojaatchilarning aksariyati anomal sovuq oqibatida gaz, elektrdagi cheklovlar va noqulay ob-havo tufayli normal faoliyat olib bora olmayotganini va shu sababli yanvar oyi kreditini to‘lash imkoniyati yo‘qligini bildirgan.

“Markaziy bank bu masalani o‘rganib, pandemiya vaqtida bo‘lgani kabi barcha tijorat banklariga kredit to‘lovida yanvar oyi uchun kredit ta’tili berish yoki boshqa muddatga cho‘zish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishi zarur bo‘ladi. O‘z o‘rnida tijorat banklari ham vaziyatni xolis baholab, kredit to‘lovchilarga yanvar oyi to‘lovi uchun shunday imtiyoz berishsa, maqsadga muvofiq bo‘lardi”, deb yozadi Kusherboyev.

Shuningdek, ushbu kredit to‘lovlarini uzaytirish taklifi yuzasidan so‘rovnoma ham o‘tkazilgan. So‘rovnomada ko‘pchilik ushbu taklifni yoqlab chiqqan.

“Bu ham qiyin vaqtlarda odamlarimiz uchun bir yengillik, qo‘llab-quvvatlash bo‘ladi”, deydi sobiq deputat.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yilning 23 dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherboyev deputatlik faoliyatini o‘z xohishi bilan yakunlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

kredit taklif Kusherboev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing