Kusherboyev yangi lavozimi haqida fikr bildirdi
Jamiyat
−
02 fevral 2023
34533Avval xabar berganimizdek, Sobiq deputat Rasul Kusherboyev Tabiat resurslari vazirining maslahatchisi lavozimiga tayinlangandi. Jamoatchilik faoli o‘zining Telegram-kanalida yangi lavozimi haqida fikr bildirar ekan, tabiatni asrash yo‘lida o‘ylab yurgan ko‘plab rejalarni amalga oshirishga harakat qilishini ta’kidlagan.
“Tabiat resurslari vaziriga maslahatchi sifatida faoliyatimni davom ettiradigan bo‘ldim. Endi ona tabiatni asrash yo‘lida mavjud muammolarni hal etish uchun o‘ylab yurgan ko‘plab rejalarni amalga oshirishga harakat qilib ko‘ramiz. Eng muhimi jamoatchilikdan, odamlardan uzilish bo‘lmaydi. Bundan buyon ham mamlakat rivoji, kelajagi, taqdiri yo‘lidagi masalalarda faol ishtirok etishdan to‘xtamayman. Asosiy ishlar hali oldinda”, deb yozadi Kusherboyev.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yil 23 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherboyev deputatlik faoliyatini o‘z xohishi bilan yakunlashini ma’lum qilgandi. Markaziy saylov komissiyasining 2022 yil 26 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor majlisida Rasul Kusherboyevning vakolatini tugatish bo‘yicha qaror bir ovozdan ma’qullangandi.
LiveBarchasi