Kusherboyev parlament saylovida g‘alaba qildi

Jamiyat

image

Kecha, 22 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari viloyat, shahar va tuman kengashlari a’zolari saylovida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal Demokratik partiyasidan Oliy Majlis deputatligiga nomzod Rasul Kusherboyev g‘alaba qozongan. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, avvalgi parlamentdagi deputatlar orasida anchayin faollik ko‘rsatgan Rasul Kusherboyev 51,8 foiz ovoz bilan navbatdagi muddatga saylandi. 

Rasul Kusherboyev 1987 yil 12 yanvarda Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida tug‘ilgan. O‘zbekiston Davlat jahon tillari universitetining Xalqaro jurnalistika fakultetini tamomlagan.

Markaziy saylov komissiyasi hali saylov natijalarini e’lon qilganicha yo‘q. Bugun soat 14:00 da saylov natijalari e’lon qilinadi. 


Maqola muallifi

Teglar

Rasul Kusherboev

Baholaganlar

982

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing