Ko‘p qavatli uylardagi avtoturargohlarga soliq solinishi kutilmoqda. Bu nima degani?
Jamiyat
−
30 noyabr 2020
8682O‘zbekistonda ko‘p qavatli uylarga uzviy bog‘liq bo‘lgan avtomobillar turar joylari bino va inshootlariga mol-mulk solig‘ini solinishi mumkin. O‘zbekiston Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan va ayrim qonunchilik hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi 2021 yilga mo‘ljallangan soliq siyosati loyihasida shunday taklif bildirilgan.
Unda, jumladan, jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i ob’ektlari qatoridan ko‘p kvartirali uylarga uzviy bog‘liq bo‘lgan avtomashina turar joylari, shuningdek boshqa imoratlar, binolar va inshootlar ham o‘rin olmoqda. Ya’ni, uy sotib olganlar yangi qurilayotgan uy-joylarda yerto‘la joylashgan avtomobil turargohlariga ham soliq to‘lashi kerak bo‘ladi.
Agar Soliq kodeksi kiritish taklif etilayotgan o‘zgartirish tasdiqlansa, u holda uy-joylar va kvartiralar, dala hovli imoratlari (umumiy maydoni 200 kvadrat metrdan ortiq bo‘lganlari bundan mustasno), ko‘p kvartirali uylarga uzviy bog‘liq bo‘lgan avtomashina turar joylari, shuningdek, boshqa imoratlar, bino va inshootlar 0,23 foiz miqdorda soliqqa tortiladi (hozirda 0,2 foiz).
Qayd etish kerakki, ayni vaqtda qonunchilikda mashina turar joylari degan tushuncha mavjud emas.
Ma’umot o‘rnida, mashina turar joylari (avtoturargohlar) 2017 yil 1 yanvardan rasman ko‘chmas mulk ob’ekti maqomoni olgan va “chegaralari belgilangan tartibda tavsiflangan, faqat transport vositasini joylashtirish uchun mo‘ljallangan bino yoki inshootning bir qismi” deya keltirilgan. Soliq esa ob’ektning kadastr qiymatidan kelib chiqib hisoblanadi.
LiveBarchasi