Kunlik hisobot: bugun 103 nafar odamda kasallik aniqlandi, 73 nafar sog‘aydi
Jamiyat
−
10 iyun 2020
9750Bugun mamlakatimizda 103 holatda kasallik qayd etilgan. Shundan karantin muassasalarida – 64 nafar, aholi orasidan (Toshkent viloyatida – 11, Toshkent shahrida –7 , Sirdaryo viloyatida – 3, Samarqand va Buxoro viloyatlarida –2, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlarida – 1 nafardan) jami 27 nafar va 12 nafar xorijdan mamlakatimiz hududiga kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi haydovchilar orasidan aniqlandi.
Avval xabar qilganimizdek, bugun 73 nafar fuqaro sog‘aydi. Hozirda kasallik qayd etilgan jami 4623 nafar bemordan 3532 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 76 foizni tashkil etmoqda.
Ayni paytda to‘qqiz hududidagi tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1072 nafar bemordan 8 nafari og‘ir, 1 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Shu kungacha jami 454 119 nafar fuqaro karantinga olingan bo‘lib, ularning 407 350 nafari karantindan chiqarilgan.
Hozirda mamlakatda uy karantinida 23 157 nafar, statsionar karantinda esa 23 612 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.
LiveBarchasi