Kunlik hisobot: bemorlarning 12 nafari og‘ir, 1 nafari o‘ta og‘ir ahvolda
Jamiyat
−
05 iyun 2020
6803Bugun O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan 68 nafar bemorning 42 nafari karantin muassasalaridagi fuqarolar orasida, 17 nafari aholi orasida, 9 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida aniqlangan. Jumladan, Qashqadaryo viloyatida yangi kasallanish holati qayd etildi. Andijon viloyatida esa 1 nafar bemor qoldi.
Avval xabar qilganimizdek, bugun 160 nafar fuqaro sog‘aydi. Shundan 140 nafari Toshkent shahridagi, 14 nafari Navoiy viloyatidagi, 4 nafari Samarqand viloyatidagi ham 2 nafari Andijon viloyatidagi tibbiyot muassasalarida sog‘ayib chiqishdi.
Hozirda kasallik qayd etilgan jami 4007 nafar bemordan 3247 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 81 foizni tashkil etmoqda. Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 744 nafar bemordan 12 nafari og‘ir, 1 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Shu kungacha jami 433 114 nafar fuqaro karantinga olingan bo‘lib, ularning 383 981 nafari karantindan chiqarilgan.
Hozirda mamlakatda uy karantinida 26 687 nafar, statsionar karantinda esa 22 446 nafar fuqaro saqlanmoqda.
LiveBarchasi