Ko‘ngillining o‘limi koronavirusga qarshi vaksina tadqiqotlarini to‘xtatmaydi

Olam

image
Braziliyada AstraZeneca kompaniyasi tomonidan yaratilgan koronavirusga qarshi vaksina sinovida ishtirok etayotgan ko‘ngilli vafot etgani haqida xabar bergandik.
 
Oksford universiteti mutaxassislari esa ko‘ngillilardan biri vafot etganiga qaramay, Braziliyada koronavirusga qarshi vaksinani tadqiq qilishni davom ettirish niyatida.
 
"Braziliyadagi ushbu holatni sinchkovlik bilan tahlil qilish klinik sinovlarning xavfsizligi to‘g‘risida hech qanday tashvish yo‘qligini ko‘rsatdi. Mustaqil auditorlik tekshiruvi natijalari hamda Braziliya regulyatori tomonidan o‘tkazilgan auditorlik tekshiruvi natijalariga ko‘ra test sinovlarini davom ettirish tavsiya etildi", degan universitet vakili.
 
Braziliya poytaxti Rio-de-Janeyroda koronavirus vaksinasi sinovini o‘tkazayotgan “D'Or” xususiy universiteti ma’lumotiga ko‘ra, mamlakatda preparat tadqiqotida 8 ming kishi ishtirok etyapti. Ularning yarmi platsebo olgan. Vafot etgan ko‘ngilli preparatning o‘zini olgani hozircha noma’lum.
 
Avvalroq, AstraZeneca bemorlarning birida ikkilamchi ta’sir paydo bo‘lgani sababli koronavirusga qarshi vaksinaning AQSHda o‘tkazilayotgan uchinchi faza sinovlarini to‘xtatib qo‘ygandi. Keyinroq kompaniya Buyuk Britaniyaning Dori vositalari va sog‘liqni saqlash boshqarmasining sinovlarni davom ettirishning xavfsizligi to‘g‘risida tasdig‘ini oldi va sinovlarni qayta boshladi.

Maqola muallifi

Teglar

AstraZeneca

Baholaganlar

95

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing