Kun oxirida yana bir qancha o‘zbekistonlikda koronavirus aniqlandi

Jamiyat

image

Bugun, 19 iyun soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 26 nafarga oshib, 5946  nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 18 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 4 nafari Toshkent viloyatida (shundan 2 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 2 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi), 4 nafari esa Navoiy viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Ayni paytda O‘zbekistonda 4273 (+74) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (72 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 1654 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

269

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing