Kun oxirida to‘rt hududda yangi kasallanish holatlari qayd etildi

Jamiyat

image

Bugun, 10 avgust soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 31 304 (+236) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlari:

- 209 nafari Toshkent shahrida;

- 14 nafari Toshkent viloyatida;

- 11 nafari Andijon viloyatida;

- 2 nafari Farg‘ona viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Mirobod tumanida yashagan 50 yoshli D.A. (ayol) hamda Shayxontohur tumanida yashagan 68 yoshli M.M. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahrida 476 nafar, Toshkent viloyatida 235 nafar, Samarqand viloyatida 104 nafar, Surxondaryo viloyatida 38 nafar, Sirdaryo viloyatida 28 nafar, Navoiy viloyatida 16 nafar, Andijon viloyatida 12 nafar, Jizzax viloyatida 11 nafar, Buxoro viloyatida 10 nafar, Namangan viloyatida 7 nafar, Xorazm viloyatida ham 7 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 3 nafar hamda Farg‘ona viloyatida ham 3 nafar, jami 950 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib, O‘zbekistonda 22 992 (+950) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (73 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 8 112 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

289

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing