Kun oxirida poytaxt va yana 5 viloyatda 83 kishida koronavirus aniqlandi
Jamiyat
−
08 iyul 2020
154537 iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 83 nafarga ortib, 10670 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlari:
- 23 nafari Toshkent viloyatida (shundan 16 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 7 nafari aholi orasida);
- 18 nafari Toshkent shahrida (shundan 4 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 14 nafari aholi orasida);
- 15 nafari Buxoro viloyatida;
- 15 nafari Sirdaryo viloyatida;
- 12 nafari Navoiy viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Bugun Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida 59 nafar, Qashqadaryo viloyatida 54 nafar, Jizzax viloyatida 6 nafar, Buxoro viloyatida 2 nafar, jami 121 nafar bemor tuzaldi.
Shunday qilib O‘zbekistonda 6811 (+121) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (63 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatda 3819 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
LiveBarchasi