Kun oxirida birdan 109 kishida koronavirus aniqlandi
Jamiyat
−
15 iyun 2020 16713 1 daqiqa
Bugun, 15 iyun soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 109 nafarga oshib, 5263 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlarining 77 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 12 nafari Toshkent shahrida (shundan 10 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lgan, 2 nafari aholi orasida), 7 nafari Toshkent viloyatida (shundan 6 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi, 1 nafari esa koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lgan), 5 nafari Namangan viloyatida, yana 5 nafari Navoiy viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib qarantinga olingan fuqarolar orasida, 3 nafari Samarqand viloyatida aholi orasida aniqlangan.
Ayni paytda O‘zbekistonda 4019 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (76 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatda 1225 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr