Kun davomida qisqa uxlash foydali, ammo uzoq uxlash zararlimi?

Bu qiziq

image

Kattalar bolaligida uxlamayman, deb xarxasha qilganlarini eslab kulishadi va endi hech kim ish kunining o‘rtasida ularga mizg‘ib olishlarini taklif qilmasligidan afsuslanadi. Biroq, kun chiqar mamlakat Yaponiya aholisining madaniyatida "inemuri" – ish joyida kunduzgi uxlab olish odati mavjud. Yoki Lotin Amerikasi va Janubiy Yevropa aholisini olaylik - ular odatda kundalik mashg‘ulotlardan voz kechib, tushdan keyin uxlab olishga borishadi. Xo‘sh, kunduzgi uyquning qanday foydalari va zararlari mavjud?

Tungi uyqudan keyin kunduzi ham uxlashni xohlash. Bu nimani anglatadi? 

Stress tadqiqotlari instituti shifokorlari kunduzgi uyquga bo‘lgan ehtiyoj immunitet tizimining noto‘g‘ri ishlashining belgisi bo‘lishi mumkinligini aytdi. Tanadagi yallig‘lanish, endokrin tizim kasalliklari, asab tizimining kasalliklari, qon bosimining ko‘tarilishi, ortiqcha vazn va hatto depressiya uyquchanlikka olib keladi. 

Kunduzgi soatlarda uxlash keksa, odamlarda insult xavfini 2-4 barobar ortishiga olib keladi. Qandli diabetga chalinganlar uchun ham kunduzgi uyqu tavsiya etilmaydi, chunki u gormonlarning keskin ko‘tarilishiga va qonda shakar miqdorining ko‘payishiga olib keladi.

Xo‘sh, kun davomida qisqa uxlash foydali, ammo uzoq uxlash zararlimi? 

Amerikalik olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlarga ko‘ra, kun davomida qisqa (10-30 daqiqa) uyqu odamlar uchun xotirani yaxshilash, diqqatni jamlash, kayfiyatni ko‘tarish, shuningdek, kunning birinchi yarmida to‘plangan charchoqdan xalos bo‘lishda yordam beradi. Biroq, kun davomida juda uzoq vaqt uxlash (bir soatdan ortiq) sog‘liq uchun salbiy oqibatlarga olib keladi. Olimlar buni diabet, yurak xastaligi va depressiya xavfi ortishi bilan bog‘lashdi. 

Shuningdek, soat 16:00 dan keyin uxlash tavsiya etilmaydi. Bu vaqtda tanada melatonin ishlab chiqariladi — uyg‘onish qiyinlashadi, uyquchanlik va charchoq hissi paydo bo‘ladi.

Kunduzgi uyqu uchun eng yaxshi vaqt

Energiya darajasi odatda tushdan keyin keskin pasayadi, bu esa mizg‘ib olish uchun qulay vaqtga aylanadi. Soat 14 dan 16 gacha uxlab olinsa, uyquning samaradorligi yuqori bo‘ladi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, kechki uyqu ko‘proq uyqu inersiyasiga olib keladi, bu esa tushdan keyin o‘zingizni zaif his qilishingizga sabab bo‘ladi.

Kunduzgi uyqudan keyin nima qilish kerak?

Agar siz uyqudan keyin yetarli darajada dam olmagan holda uyg‘ongan bo‘lsangiz, quyidagi usullar tetiklashishingizga yordam beradi:

•  Yuzingizni sovuq suv bilan yuving. Vaqtingiz bo‘lsa, dush qabul qiling.
•  Metabolizmni tezlashtirish va elektrolitlar oqimini oshirish uchun bir stakan suv iching. Chuqur uyquga ketganingizda metabolizm sekinlashadi. Ichimlik suvi tanangizga uyg‘onish vaqti kelganligi haqida signal beradi.
•  Yengil, oson hazm bo‘ladigan va energiyaga boy narsalarni iste’mol qiling: mevalar va yong‘oqlar bunda ideal variantdir.
•  Uyqudan keyin yengil mashqlar qiling.
•  Toza havoda qisqa muddatli sayr qilish ancha yordam beradi.


Maqola muallifi

Teglar

uyqu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing