Ovqatlangandan so‘ng uyqu kelishining oldini qanday olish mumkin? 

Salomatlik

image

Ovqatlangandan so‘ng uyqu kelishi ko‘plab odamlarda kuzatiladigan holat. Endokrinolog shifokor Pavel Baranov “Men's Health” jurnaliga bergan intervyusida ushbu hodisaning mohiyatini tushuntirib berdi va unga qanday munosabatda bo‘lish kerakligini aytdi. 

Mutaxassis e’tiborni miyaning ishlashiga va oreksin moddasining chiqarilishiga qaratgan.

“Bizning miyamizda gipotalamus deb nomlangan bo‘lim mavjud. Unda, boshqa narsalar qatori, oreksin moddasi ham ishlab chiqariladi. Bu qo‘zg‘alish, hushyorlik va ishtahaga ta’sir qiladi”, degan shifokor.

Ushbu modda ochlikni rag‘batlantiradi va ko‘p miqdorda uglevodlarga boy bo‘lgan ovqatlar yeyish oreksin faolligini pasayishiga olib keladi, shu sababli uyquchanlik paydo bo‘ladi.

Ovqatdan keyin uyqu kelishiga qarshi kurashish uchun endokrinolog birdaniga ko‘p miqdordagi uglevodli mahsulotlarni iste’mol qilmaslikni taklif qilgan. Shifokorga ko‘ra, ularni kun davomida taqsimlash hamda yog‘lar va uglevodlar bilan muvozanatlashtirish kerak. 

Endokrinolog qondagi qand miqdorini ham tartibga solish kerakligini aytgan. Uning ta’kidlashicha, ortiqcha vazn ham oreksin faolligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.


Maqola muallifi

Teglar

uyqu

Baholaganlar

334

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing