Kun hisoboti: Aholi orasida 142 kishida koronavirus aniqlandi

Jamiyat

image

Bugun, 4 iyul kuni O‘zbekistonda 312 holatda kasallik qayd etilgan. Shundan 162 nafari Karantin muassasalarida, 142 nafari aholi orasida (shundan 105 nafari Toshkent shahrida, 36 nafari Toshkent viloyatida, 1 nafari Buxoro viloyatida), 8 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida orasida aniqlangan.

Kun davomida Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida avvaliga 55 nafar, so‘ngra yana 119 nafar bemor tuzalib, jami 174 nafar fuqaro sog‘aydi. 

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 9708 nafar bemordan 6425 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 66 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3252 nafar bemordan 15 nafari og‘ir, 9 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Hozirda mamlakatda uy karantinida 42 659 nafar, statsionar karantinda esa 24 301 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

519

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing