Kun hisoboti: 6 o‘lim va 774 ta kasallanish qayd etildi
Jamiyat
−
01 avgust 2020
15454Bugun, 1 avgust kuni O‘zbekistonda 774 holatda kasallik qayd etilgan bo‘lib, barchasi koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, Toshkent shahrida 5 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 1 nafar, jami 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Avval xabar qilganimizdek, bugun Toshkent shahri, Buxoro, Surxondaryo, Andijon, Samarqand, Toshkent, Qashqadaryo, Namangan, Sirdaryo, Navoiy, Jizzax va Farg‘ona viloyatlarida jami 835 nafar bemor sog‘aydi.
Hozirda kasallik qayd etilgan jami 24 783 nafar bemordan 15 299 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 61 foizni tashkil etmoqda.
Ayni paytda koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan 9 337 nafar bemordan 592 nafari og‘ir, 185 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
LiveBarchasi