Kun hisoboti: 500 ga yaqin bemor va 4 o‘lim qayd etildi

Jamiyat

image

Bugun, 14 iyul kuni O‘zbekistonda 494 holatda kasallik qayd etildi. Shundan 303 nafari karantin muassasalarida, 191 nafari aholi orasida aniqlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Shu bilan birga, bugun Toshkent shahrida 3 nafar, Qashqadaryo viloyatida 1 nafar, jami 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Kun davomida Andijon, Navoiy, Namangan, Samarqand, Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlari hamda Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida 297 nafar fuqaro sog‘aydi. 

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 14085 nafar bemordan 8327 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 59 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 5691 nafar bemordan 52 nafari og‘ir, 6 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Hozirda mamlakatda uy karantinida 55 657 nafar, statsionar karantinda esa 22 585 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

474

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing