Kuleba Blinken bilan nimalarni gaplashganini aytdi

Olam

image

Ukraina Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken unga Hindistonda bo‘lib o‘tgan G20 sammitidagi muhokamalari haqida telefon orqali ma’lumot berganini va u yerda Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan qisqa uchrashuv o‘tkazganini aytdi. Bu haqda Kuleba bugun, 3 mart kuni Twitter’dagi sahifasida yozib qoldirdi.

“Men AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken bilan gaplashdim, u menga G20 muzokaralari haqida ma’lumot berdi”, deb yozadi Kuleba.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va AQSH davlat kotibi Entoni Blinken Hindistonda bo‘lib o‘tayotgan G20 tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishining ikkinchi sessiyasi doirasida “yo‘l-yo‘lakay” gaplashgan, biroq muzokaralar bo‘lmagandi. AQSH Davlat departamentiga ko‘ra, suhbat taxminan 10 daqiqa davom etgan. Blinken Rossiyaning Strategik qurollarni qisqartirish bo‘yicha shartnomadagi ishtirokini to‘xtatib qo‘yishi, Ukrainadagi mojaroga barham berish zarurati va mahbuslar almashinuvi masalalarini ko‘targan.


Maqola muallifi

Teglar

Blinken Kuleba

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing