Iste’foga chiqqan Kuleba endi nima bilan shug‘ullanishi aytildi
Olam
−
04 Sentabr
12866Iste’foga chiqqan Ukraina Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba endilikda Kiyevning Shimoliy Atlantika Shartnomasi Tashkiloti (NATO) bilan munosabatlarini mustahkamlash ustida ish olib boradi. Bu haqda “Bloomberg” xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, Tashqi ishlar vaziri lavozimiga Kulebaning o‘rinbosari Andrey Sibiga tayinlanishi mumkin. Kuleba endilikda Ukrainaning Shimoliy Atlantika alyansi bilan munosabatlarini mustahkamlashga va Kiyevning unga qo‘shilish bo‘yicha diplomatik sa’y-harakatlari doirasidagi ishlariga e’tibor qaratadi.
Qayd etilishicha, Kuleba avvalroq Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning NATO va YeIga yo‘l ochish borasidagi sa’y-harakatlarida “jamoatchilik yuzi” bo‘lgan. Shuningdek, AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken va uning boshqa mamlakatlardagi hamkasblari bilan muzokaralarda katta tajribaga ega ekanligi ma’lum.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Kuleba so‘nggi ikki kun ichida iste’foga chiqqan Ukraina Vazirlar Mahkamasining oltinchi a’zosi bo‘lgan. Bular Rossiya urush boshlaganidan beri Ukraina hukumatidagi eng katta o‘zgarishlar bo‘lib, G‘arb bu iste’folar oqibatidan xavotirda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kulebaning Tashqi ishlar vazirligidan iste’foga chiqqani xabar qilingan edi.
LiveBarchasi