Ko‘chmas mulkning yangicha kadastr pasporti joriy etiladi
Jamiyat
−
13 dekabr 2019 11209 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ko‘chmas mulk ob’ekti kadastr pasportining yangi namunasini bosqichma-bosqich joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qarorga ko‘ra, plastik shaklda tayyorlanadigan ko‘chmas mulk ob’ekti kadastr pasportining yangi namunasi:
• Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari, shuningdek, Toshkent shahrida – 2020 yil 1 martdan boshlab;
• Qoraqalpog‘iston Respublikasi va boshqa viloyatlarda esa – 2020-2022 yillarda bosqichma-bosqich joriy etiladi.
2020 yil 1 martdan boshlab Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari, Toshkent shahrida joylashgan ko‘chmas mulk ob’ektiga bo‘lgan mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar vujudga kelgan, boshqa shaxsga o‘tgan, bekor bo‘lgan yoki ko‘chmas mulk ob’ektining huquqiy holati o‘zgarganligini tasdiqlash yuzasidan murojaat qilinganda, ariza beruvchiga DXMlar orqali yangi namunadagi kadastr pasporti beriladi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025