Kuchli shamol vaqtida Moskvadan uchgan samolyot Toshkentda qo‘nolmadi
Jamiyat
−
08 iyun 2019
7263Bugun, 8 iyun kuni Moskvadan Toshkentga uchgan “Aeroflot” kompaniyasining samolyoti kuchli shamol sababli aeroportga qo‘na olmadi. Bu haqda Rossiya OAV xabar berdi.
Samolyot kuchli shamol sabab Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘na olmay, Bishkekdagi zaxira aerodromga uchib ketgan.
“Toshkent aeroporti samolyotni qabul qilishga tayyor edi, biroq ekipaj kuchli shamol sharoitida qo‘nishni amalga oshirmaslikka qaror qildi, shu sababdan Bishkekga uchib ketdi”,
Ta’kidlash joizki, Toshkentda kunduzi kuchli shamol kuzatildi. Shamol tezligi soniyasiga 22 metr tezlikka yetgani qayd etildi.