Kuchaytirilgan karantin davrida ehtiyojmandlar qayerga murojaat qilishi aytildi

Jamiyat

image

O‘zbekistonning barcha hududlarida homiylik, xayriyalarni muvofiqlashtirish va volontyorlik markazlarining faoliyati yana qayta yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri Rahmat Mamatov brifing vaqtida ma’lum qildi.

Ehtiyojmand oilalarga Xalq deputatlari mahalliy kengashlarining qarorlariga muvofiq, “Mahalla” fondi va “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armalaridan zarur mablag‘lar ham ajratiladi.

Joylardagi mahalliy hokimliklar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlardagi homiylik, xayriyalarni muvofiqlashtirish va volontyorlik markazlari bilan birgalikda manzilli ro‘yxat asosida zarur oziq-ovqat va dori-darmon mahsulotlaridan iborat moddiy ko‘mak yordamlarini shakllantiradi.

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tomonidan hozircha muhtojlik darajasi o‘ta yuqori bo‘lgan 101 ming 980 nafar fuqaroning hududlar kesimidagi ro‘yxati shakllantirildi.

Joylarda shakllantirilgan ro‘yxatlarda mavjud bo‘lmagan, ammo zarur oziq-ovqat va dori-darmonga muhtoj bo‘lgan fuqarolar 1197 qisqa raqamli telefon tarmog‘iga murojaat qilishlari hamda o‘z ehtiyojlarini bayon etishlari mumkin.

Mazkur telefon tarmog‘i orqali bog‘langan fuqarolar murojaati ham alohida e’tiborga olinadi hamda ularga ham zarur ijtimoiy yordam mahsulotlari yetkazib beriladi.

Eslatib o‘taмиз, davlat tomonidan hozirgi kunda 20 kunlik karantin davrida moddiy jihatdan og‘ir ahvolga tushib qolayotgan eng muhtoj 120 mingga yaqin oilalarni davlat tomonidan oziq-ovqat, dori-darmon vositalari va birinchi ehtiyoj mahsulotlarini yetkazib berish orqali qo‘llab-quvvatlash belgilandi. Buning uchun davlat byudjetidan 20 mlrd so‘m ajratildi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

137

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing