Kuch ishlatar tizimlar “maxsus operatsiya” o‘tkazdi (video)

Jamiyat

Avvalroq, Navoiy shahrida Kuch ishlatar tuzilmalarning tungi o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilishi haqida xabar bergan edik.

Joriy yilning 23-24 iyul kunlari ilk marotaba Markaziy harbiy okrugiga qarashli Navoiy garnizonida Qurolli Kuchlar kuch tuzilmalari bilan hamkorlikda tungi mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Bu haqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati ma’lum qildi.

1

Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Oybek Saidov rahbarligida o‘tkazilgan tungi amaliy mashg‘ulotlarda Navoiy shahri xavfsizligi uchun mas’ul vazirliklarning maxsus va tezkor bo‘linmalar jalb etildi.

Dastlab DXX va Ichki ishlar vazirligi tezkor bo‘linmasi tomonidan kechki soat chamasi 20:15 da noqonuniy qurollangan kichik guruh Navoiy shahri markaziy ko‘chalaridan Beruniy ko‘chasiga tomon yengil mashinada harakatlanib, “Keran zit” ishlab chiqarish zavodi binosiga joylashgani ma’lum qilindi. Shu bilan birga qurolli kimsalar qaysi chegara hududidan o‘tganligi, shaxsi va tayyorgarligi haqida tezkor ma’lumotlar aniqlandi. Binoga xavfsiz kirish yo‘llari razvedka qilindi.

Tez fursatda Mudofaa, Ishchi ishlar vazirligi hamda Milliy gvardiya tarkibidan yig‘ma maxsus otryad tuzildi. Ular 3 guruhga bo‘linib harakatlanishi kelishib olindi.

Maxsus bo‘linma shaxsiy tarkibi tezkor vazifalarga kirishdi. “Tigr” nomli yengil zirhlangan texnikalar, zamonaviy qurollar, mo‘ljal ko‘rsatuvchi lazer, teplovizor vositasi (ya’ni inson tanasidan chiqayotgan issiqlikka qarab, binoda qancha odam joylashganini ko‘rsatuvchi moslama), har bir harbiy xizmatchi harakatini onlayn tarzda uzatib turadigan moslama, qurollarga o‘rnatilgan maxsus tungi optik asboblar shay holatga keltirildi.

Maxsus yig‘ma otryad taqib qilinayotgan guruhga dastlab kelishuv yo‘li taklif qilindi. Rad etilgach, “Kobra” usulida shturm qilinishi bo‘yicha ko‘rsatma berildi. Ya’ni binoning tepa qismidan maxsus uchlik hamda yon va pastki qismidan qurshovga olish guruhi harakatlanib, qidiruvda bo‘lgan shaxslar o‘rtada qo‘lga olindi.

Mazkur amaliy o‘quvda Ichki ishlar vazirligi tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi shartli dushmanni tezkor qo‘lga olish bo‘yicha alohida jonbozlik ko‘rsatdi.

24 iyul kuni Markaziy harbiy okrug qo‘mondoni tomonidan Kuch ishlatar tuzilmalar rahbarlari bilan tungi mashg‘ulot yakuni o‘tkazildi. Yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va yutuqlar e’tirof etildi.


Maqola muallifi

Teglar

harbiy mashg'ulot Markaziy harbiy okrug

Baholaganlar

81

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing