Kubanichbek Omuraliyev TDT Bosh kotibi bo‘ldi

Olam

image

Kubanichbek Omuraliyev Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT)ning yangi Bosh kotibi bo‘ldi. Bugun, 11 noyabr kuni Turkiy davlatlaar tashkiloti davlat rahbarlari kengashi sammitida TDT Bosh kotibi lavozimiga Kubanichbek Omuraliyev nomzodini tasdiqlash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Qirg‘izistonning Anqaradagi sobiq elchisi Kubanichbek Omuraliyev shu kungacha TDT Bosh kotibi lavozimida ishlab kelayotgan Bag‘dod Amreyev o‘rnini egalladi. 

Joriy yilning 14 noyabr kuni Istanbuldagi TDT shtab-kvartirasida rasmiy marosim bo‘lib o‘tadi va unda Amreyev tashkilotning yangi Bosh kotibiga vakolatlarini topshiradi. 

Kubanichbek Omuraliyev Qirg‘izistonning Belarus, Estoniya, Latviya, Litva, Isroil va Turkiyadagi diplomatik vakolatxonalarini boshqargan. 

U Qirg‘izistonning MDHdagi doimiy vakili, o‘z mamlakatining Tashqi ishlar vazirligi va boshqa davlat muassasalarida ham yuqori lavozimlarda ishlagan. 


Maqola muallifi

Teglar

Turkiy davlatlar tashkiloti

Baholaganlar

148

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing