Kubaga bosim: Rubio Kubani AQSH uchun “tahdid” deb atadi

Olam

image

AQSH Davlat kotibi Marko Rubio Kubani Amerika Qo‘shma Shtatlari uchun “milliy xavfsizlikka tahdid” deb atadi va Gavana bilan tinch kelishuvga erishish imkoniyati “juda past” ekanini bildirdi. Uning bu haqdagi so‘zlarini BBC keltirdi.

Bu bayonotlar AQSH tomoni Kubaning sobiq prezidenti Raul Kastroga 1996 yildagi hodisa bo‘yicha qotillik ayblovini e’lon qilganidan bir kun o‘tib yangradi. O‘shanda “Brothers to the Rescue” tashkilotiga tegishli ikki samolyot xalqaro suvlar ustida urib tushirilgan va uch nafar AQSH fuqarosi halok bo‘lgan. Amerika tomoni 94 yoshli Raul Kastroni amerikaliklarni o‘ldirish maqsadida fitna uyushtirishda ayblamoqda.

Marko Rubio Prezident Donald Tramp mamlakatni har qanday tahdiddan himoya qilish huquqi va majburiyatiga ega ekanini ta’kidlagan.

21 may kuni jurnalistlar oldida chiqqan Rubio diplomatiya Kuba bilan munosabatlarni tartibga solishning eng ma’qul yo‘li bo‘lib qolayotganini aytdi. Biroq u hozirgi Kuba rahbariyati bilan kelishuv ehtimoli juda past ekanini qo‘shimcha qildi.
Shuningdek, u Kubani “butun mintaqadagi terrorizmni qo‘llab-quvvatlovchi asosiy davlatlardan biri” deb atadi.

Kuba Tashqi ishlar vaziri Bruno Rodriges esa X ijtimoiy tarmog‘idagi bayonotida bu ayblovlarni qat’iy rad etdi. U Marko Rubioni yolg‘on tarqatishda ayblab, Kuba hech qachon AQSH uchun xavf tug‘dirmaganini bildirdi. Rodrigesning fikricha, Rubio “harbiy tajovuzni qo‘zg‘atishga” urinmoqda, AQSH hukumati esa Kubaga qarshi “shafqatsiz va tizimli” bosim o‘tkazmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Kuba Marko Rubio Bruno Rodriges

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing