Krouford-Madrimov to‘qnashuvi g‘olibi kimga qarshi jang qilishi aniq bo‘ldi

Sport

image

Joriy yil 3 avgust kuni o‘zbekistonlik professional bokschi Isroil Madrimov vazn toifasidan qat’i nazar P4P reytingi yetakchisi, amerikalik yengilmas Terens Kroufordga qarshi jang qiladi.

Mazkur to‘qnashuv AQSHning Los-Anjeles shahrida o‘tkazilishi kutilmoqda. Bahs Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBO) kamari uchun o‘tkaziladi.

Jangda g‘olib bo‘lgan bokschi keyinchalik WBC va WBO kamarlari sohibi Sebastyan Fundoraga qarshi ringga ko‘tariladi. 

Ma’lumot uchun, amerikalik 26 yoshli Fundora profringda 23 ta jang o‘tkazib, 21 ta to‘qnashuvda g‘alaba qozongan, 1 ta jangda esa imkoniyatni boy bergan yana 1 ta bahsda esa durang qayd etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Madrimov Terens Krouford Sebast'yan Fundora

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing