Krishtianu oyog‘iga zarba qabul qilishga tayyor tursin – Bonuchchi

Sport

image

Italiya terma jamoasi himoyachisi Leonardo Bonuchchi JCH-2022 saralash bosqichi pley-off o‘yinlarida Portugaliya terma jamoasi bilan ehtimoliy bellashuvlar haqida fikr bildirdi.

“Men Krishtianu Ronaldu bilan gaplashdim va biz Portugaliya va Italiya o‘rtasidagi ehtimoliy o‘yin haqida hazillashdik. Keling, maydonda nima bo‘lishini ko‘ramiz. Krishtianu oyog‘iga bir nechta zarba qabul qilishga tayyor tursin. Maydonda nima qilishga e’tibor qaratishimiz kerak, keyin mart oyida yana uchrashamiz va ishonchim komilki, muxlislar ikkita ajoyib o‘yinga guvoh bo‘ladi”, deydm Bonuchchi.

Eslatib o‘tamiz, 2018-2021 yillarda Bonuchchi va Ronaldu “Yuventus”da birga to‘p tepgan.

Ma’lumot uchun, Italiya terma jamoasi Qatarda bo‘lib o‘tadigan JCH-2022 uchun pley-off o‘yinlarining yarim finalida Makedoniya terma jamoasi bilan o‘ynaydi. Uchrashuv 2022 yilning 24 mart kuni bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv g‘olibi Turkiya – Portugaliya juftligi g‘olibi bilan to‘qnash keladi. Bu o‘yinda turnirga yo‘l oladigan jamoa aniqlanadi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Yuventus Ronaldu Italiya Portugaliya Bonuchchi

Baholaganlar

59

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing