Kriptovalyutalar uchun soliqlar miqdori belgilandi

Jamiyat

image

Kecha, 28 sentyabr kuni Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni amalga oshirish uchun yig‘imlar miqdorini belgilash, ularni to‘lash va taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Nizomga ko‘ra, O‘zbekistonda mayning va kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar (maynerlar va xizmatlar provayderlari) tomonidan ushbu faoliyatni amalga oshirish uchun yig‘imlar to‘lanadi.

Shunga ko‘ra, yig‘imlar BHMga nisbatan quyidagi miqdorlarda belgilanadi:

•    mayning faoliyati uchun – BHMning 10 baravari (3 mln so‘m); 

xizmatlar provayderlari bo‘yicha:

•    kripto-birja faoliyati uchun – BHMning 400 baravari (120 mln so‘m); 
•    mayning-pul faoliyati uchun – BHMning 100 baravari (30 mln so‘m); 
•    kripto-depozitariy faoliyati uchun – BHMning 5 baravari (1,5 mln so‘m); 
•    kripto-do‘kon faoliyati uchun – BHMning 20 baravari (6 mln so‘m).

Yig‘imlar maynerlar va xizmatlar provayderlari tomonidan litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olgan paytdan e’tiboran har oyda to‘lanadi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

191

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing