Kriminal avtoritet “Vitya Pan” Rossiyaga ekstraditsiya qilindi
Olam
−
09 dekabr 2023
11487Tan olinmagan Shimoliy Kipr Turk Respublikasi rasmiylari Interpol qidiruvida bo‘lgan, jinoiy muhitda Vitya Pan laqabli Viktor Panyushinni Rossiyaga ekstraditsiya qilishga qaror qildi. Bu haqda “Habertürk” gazetasi xabar berdi.
Gazetaga ko‘ra, sud organlari Panyushin Rossiya Federatsiyasi huquq-tartibot idoralari tomonidan o‘z hududida to‘qqiz modda bo‘yicha sodir etgan jinoyatlari uchun qidiruvga berilganini hisobga olgan.
Ularga qotillik, jinoiy tashkilot tuzish, noqonuniy qimor o‘yinlarini tashkil etish va o‘tkazish, uyushgan guruh tomonidan odam o‘g‘irlash kiradi.
“Shimoliy Kipr Vazirlar Kengashi jinoyatchini mamlakat hududida noqonuniy deb e’tirof etish va unga nisbatan mamlakatda qonuniy jarayonlar tugagandan so‘ng uni Turkiyaga olib o‘tishga qaror qildi”, deyiladi nashr xabarida.
Avvalroq Panyushin Rossiya Federatsiyasidan Ukrainaga qochib ketgani va u yerda boshqa familiya va tug‘ilgan sanasi bilan Ukraina pasportini olgani aniqlangan.
Unga ko‘ra, u tan olinmagan Shimoliy Kipr Turk Respublikasiga 2023 yil boshida kelgan.
Iyun oyida respublika politsiyasi uni soxta hujjatlar taqdim etgani uchun hibsga olgan va Interpol uni ekstraditsiya qilishni so‘ragan.
Kim o‘zi Viktor Panyushin?
Viktor Panyushin 1958 yil 13 sentyabrda Tataristonning Almetevsk shahrida tug‘ilgan.
U birinchi jinoyatini 19 yoshida sodir etgan. 1975 yilda u davlat mulkini o‘g‘irlashda aybdor deb topildi. U ikki yil qamoq jazosini oldi, ammo to‘rt oydan keyin amnistiyaga tushdi va qamoqxonani tark etdi.
Bir oy o‘tgach, u Kursk viloyatining Solnsevskiy tumanida davlat mulkini o‘g‘irlagani uchun yana qo‘lga olindi. Bu safar u to‘rt yillik qamoq jazosini to‘liq o‘tadi.
U bir necha oydan keyin o‘g‘irlik uchun navbatdagi to‘rt yillik qamoq jazosini oldi.
2000 yilda u Kursk, Oryol va Belgorod viloyatlari hududlarida jinoiy muhitga ta’sir ko‘rsatadigan qonun o‘g‘risi maqomini oldi. Hammasi bo‘lib Panyushin to‘qqiz marta sudlangan: o‘g‘irlikdan tashqari, bular giyohvand moddalar va qurol savdosi, talonchilik, tovlamachilik va soxta hujjatlar yaratish bilan bog‘liq jinoyatlardir.
LiveBarchasi