Kremlga uyushtirilgan hujum Japarovning safariga ta’sir qiladimi?

Olam

image

Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarovning xalqaro tadbirlar jadvali Kremlga dronlar hujumidan keyin ham o‘zgarmadi. Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi Erbol Sultonboyevga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi. 

Ma’lum bo‘lishicha, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin taklifiga binoan joriy yilning 8 may kuni Qirg‘iziston yetakchisi Sadir Japarov Moskvaga boradi. 9 may kuni esa Qirg‘iziston Prezidenti Moskvadagi Qizil maydonda o‘tkaziladigan bayram paradida ishtirok etish niyatida. Sadir Japarov G‘alaba paradida qatnashadigan yagona xorijiy davlat rahbari bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 3 may kuni Moskva Kiyevni Vladimir Putinning Kremldagi qarorgohiga dronlar yordamida hujum qilishga uringanlikda ayblagandi. Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy voqeaga aloqadorligi haqidagi ayblovlarni rad etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Kreml' Qirg'iziston Sadir Japarov dron hujumi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing