Kremlga qarashli binoda o‘g‘rilik sodir etgan o‘zbekistonlik ushlandi

Olam

image

Rossiyaning Kreml hududidagi binodan elektr ventilyatsiya klapanini o‘g‘irlaganlikda ayblanayotgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. Bu haqda “MK.ru” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, qo‘lga olingan shaxs 21 yoshli O‘zbekiston fuqarosi ekani aniqlangan. Taxminlarga ko‘ra, gumonlanuvchi Kreml muzey majmuasi tarkibiga kiruvchi O‘rta savdo qatorlari binosini tiklash paytida 7 ta klapanni o‘g‘irlagan.

Ma’lumot uchun, me’mor Roman Klein loyihasi bo‘yicha 1889 – 1893 yillarda qurilgan O‘rta savdo qatorlari Rossiya Mudofaa vazirligiga qarashli bo‘lgan.

Keyinchalik u Federal xavfsizlik xizmatiga o‘tkazilgan. 2012 yil iyun oyida Prezident Vladimir Putin binoni Moskva Kreml muzeyiga topshirishni taklif qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Kreml' o'zbekistonlik o'g'rilik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing