Kreml Zelenskiyning Izyum bo‘yicha ayblovlarini rad etdi

Olam

image

Rossiya Federatsiyasini Xarkov viloyatida urush jinoyatlarini sodir etganlikda ayblash xuddi Buchadagi kabi ssenariy bo‘yicha rivojlanmoqda. Bu haqda Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov aytib o‘tdi.

“Bu xuddi Buchadagi kabi ssenariy. Hammasi bitta ssenariy bo‘yicha rivojlanadi. Buning hammasi yolg‘on”, deydi Peskov.

Uning ta’kidlashicha, Moskva bu vaziyatda haqiqatni himoya qiladi.

Avvalroq, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Xarkov viloyatining Izyum shahrida ommaviy qabr topilganini ma’lum qilgan edi. Shuningdek, Zelenskiy u yerga xorijiy OAV vakillarini olib kelishga va’da bergan.

“Bucha qirg‘ini”

Joriy yilning 1 aprel kuni Bucha meri Anatoliy Fedoruk Ukraina harbiylari rossiyalik bosqinchilarni chiqarib yuborganini tasdiqladi. Chekingan ruslar fuqarolik inshootlarini, infratuzilma ob’ektlarini va aholi punkti ichidagi ba’zi hududlarni minalagan. 

Ozod qilingan shaharda ukrainalik harbiylar hududni diversantlar va rossiyalik sheriklardan tozalashga kirishgan. 

2 aprel oqshomida Ukraina Mudofaa vaziri o‘rinbosari Anna Malyar butun Kiyev viloyati rus bosqinchilaridan ozod qilinganini ochiqladi. 

Shundan so‘ng bosqinchilarning vahshiyliklari haqida ma’lumotlar paydo bo‘la boshladi. Ruslar odamlarni o‘ldirgan va zo‘rlagan, haqorat qilgan va qiynoqqa solgani aytildi. Dmitriy Komarov Buchadan dahshatli kadrlarni ko‘rsatdi va aholi nonni ko‘rganda shunchaki yig‘layotganini aytdi. Keyinchalik tarmoqda paydo bo‘lgan Buchadan olingan hayratlanarli fotosuratlarda bog‘langan odamlar o‘ldirayotgani ma’lum bo‘ldi. Ukrainaliklar ommaviy qabrlarga dafn qilingan. Ba’zi jasadlar ko‘chalarning o‘rtasida qolgan. 

Bucha voqealari haqiqati oshkor bo‘lgach, dunyo davlatlari uni qoraladi. AQSH va Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketini ishlab chiqishni boshladi. 

Rossiya Mudofaa vazirligi Buchadagi voqealarni Moskvaga qarshi provokatsiya va sahnalashtirilgan deb atadi.

Farangiz Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

74

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing