Kremlyov o‘zbekistonlik Olimpiada chempionlariga 100 ming dollar berdi

Sport

image

Bugun, 7 dekabr kuni Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) rahbari Umar Kremlyov Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida bo‘lib o‘tayotgan tashkilot tadbirlari doirasida o‘zbekistonlik Olimpiada chempioni bo‘lgan bokschilarni 100 ming dollar pul mukofoti bilan taqdirladi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.

Jumladan, o‘zbekistonlik bokschilar Hasanboy Do‘smatov, Bahodir Jalolov, Lazizbek Mullojonov, Abdumalik Xalokov va Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayevlarga IBA'ning 100 ming dollarlik sertifikati topshirildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘zbekistonlik boshqa bir Olimpiada chempioni Shaxobiddin Zoirov Kremlyov tomonidan 1 million dollar berilishi va’da qilingan jangda imkoniyatni boy bergandi.


Maqola muallifi

Teglar

Bahodir Jalolov Umar Kreml'yov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing