Kreml Rossiyaning Qobuldagi elchixonasi yaqinidagi portlashga munosabat bildirdi
Olam
−
05 Sentabr 2022
8411Moskva Afg‘oniston poytaxtidagi Rossiya elchixonasi yaqinida sodir etilgan terrorchilik harakatini keskin qoralaydi. Bu haqda bugun, 5 sentyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
“Albatta, gap terrorchilik harakati haqida ketyapti, bu umuman qabul qilinishi mumkin emas. Biz bunday terrorchilik harakatlarini keskin qoralaymiz”, deydi Kreml vakili.
U hozir qilinishi kerak bo‘lgan eng muhim ish diplomatlar va missiya vakillariga nima bo‘lgani haqida joyidan ma’lumot olish ekanini qayd etgan.
Uning qo‘shimcha qilishicha, “hozir ma’lumotlar aniqlashtirilyapti”.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 5 sentbyar kuni Qobuldagi Rossiya elchixonasi oldida terakt sodir etildi. “Reuters” politsiyaga tayanib xabar berishicha, ushbu portlashni xudkush-terrorchi sodir etgan. Rossiya TIV ma’lumotiga ko‘ra, portlashda diplomatik missiyaning ikki xodimi halok bo‘lgan.