Kreml Ramzan Qodirovning lavozimidan ketmoqchiligiga munosabat bildirdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Kreml Checheniston rahbari Ramzan Qodirov hozircha o‘z lavozimida qolishidan kelib chiqadi. Rossiya Prezidentining Matbuot kotibi Dmitriy Peskov Qodirovning iste’foga chiqish haqidagi bayonotiga shunday munosabat bildirdi.

“Darhaqiqat, biz bu xabarlarni ko‘rdik, lekin aytaylik, hozircha, agar men to‘g‘ri tushunayotgan bo‘lsam, bu xabarlar hech qanday tarzda materiallashtirilmagan. Hozircha biz uning Checheniston Respublikasini boshqarishda davom etayotganidan kelib chiqamiz”, deydi Peskov.

Eslatib o‘tamiz, 3 sentyabr kuni Ramzan Qodirov lavozimida ko‘p vaqt qolib ketganini, cheksiz va uzoq ta’tilga munosibligini aytib chiqdi. Bayonot ortidan Qodirov lavozimidan ketsa, Rossiya kuch tuzilmalarida yuqori lavozimni egallashi haqida xabarlar tarqaldi.

Ramzan Qodirov 2016 yil fevral va 2017 yil noyabr oylarida ham shunday bayonot bergandi.

Ramzan Qodirov 2007 yildan beri Chechenistonga rahbarlik qilib keladi. U oxirgi marta 2021 yil sentyabrida qayta saylangan, uning muddati 2026-yilda tugaydi.

Ma’lumot uchun, Ramzan Qodirov general-leytenant unvoniga ega. Joriy yilning 29 mart kuni Prezident Vladimir Putin uning harbiy unvonini oshirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ramzan Qodirov

Baholaganlar

877

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing