Kreml raketalar bo‘yicha AQSH taklifiga javob qaytardi
Olam
−
06 fevral 2019
8797Avvalroq, AQSH prezidenti Donald Tramp Rossiya bilan O‘rta va qisqa masofaga uchadigan raketalarni yo‘q qilish bo‘yicha shartnoma (O‘QRBSH) bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishga tayorligi haqida xabar bergan edik. Tramp Xitoyni ham bu kelishuvga taklif qilmoqchi.
Kreml mazkur taklifga javob qaytararkan, qurollanish va strategik barqarorlik bo‘yicha Rossiya tomonning tashabbusi yetarli ekani ta’kidlangan.
“O‘QRBSHga kelsak, biz AQSH ovoza qilgan aybloviga javoban barchasini aytganmiz. Prezident Putin pozitsiyamizni belgiladi, biz analogik harakat qilamiz: amerikaliklar shartnomadagi ishtirokini to‘xtatdimi, biz ham huddi shunday qilamiz. Olti oylik muhlat tugashi bilan shartnoma amal qilmay qo‘yadi”, degan Lavrov.
Vazir shu va boshqa strategik masalalarda muzokaralar o‘tkazish imkoniyatlariga to‘xtalib, Vladimir Putinning qisqa va lo‘nda qilib aytgan gapini keltirgan.
“Bu masalalar bo‘yicha bizning amerikalik va umuman g‘arblik hamda NATOdagi hamkasblarimizga jo‘natgan takliflarimizda kamchiliklar yo‘q”, degan Sergey Lavrov Putinning so‘zlarini keltirib.
Shuningdek, vazir G‘arb davlatlari bu masalalar qanchalik muhimligini tushunib yetganlarida bu takliflarni ko‘rib chiqishlarini qayd etgan.
LiveBarchasi